📍 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Axmedova Tuxfaxon Muxitdinovna Jo‘rabek mahallasining Obishir, M. Ashrafiy 1-tor va Zarkent ko‘chalarida aholi tomonidan ko‘tarilgan qator muammolarni joyida o‘rganib, fuqarolar bilan muloqot qildi.
🤝 O‘rganish ishlari tuman hokimligi mas’ul xodimi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
🔍 O‘rganish davomida quyidagilar aniqlandi:
— Ko‘chalarning yo‘l qismi ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan
— Mahallada oqava suv tarmoqlari (kanalizatsiya) o'tkazilmaganligi ma’lum bo‘ldi
❗️ Ayniqsa, oqava suv tarmoqlari tizimining mavjud emasligi aholi uchun dolzarb muammo bo‘lib kelayotgani qayd etildi.
📌 Deputat tomonidan mazkur muammolarni bartaraf etish, jumladan hududni obodonlashtirish va oqava suv tarmoqlari tizimini qurish masalasini tegishli dasturlarga kiritishda amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.