Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
DEPUTAT TASHABBUSI: HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-Istiqbol saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna o‘zi saylangan hudud — “Istiqbol” MFYda joylashgan 29-sonli
bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida muassasaning moddiy-texnik bazasi, binoning umumiy holati, to‘garaklar faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifati o‘rganildi. Xususan, maktabda faoliyat yuritayotgan ijodiy to‘garaklar, yoshlar va xotin-qizlar uchun tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligi yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi. O‘rganishlar jarayonida hozirda muassasada 12 turdagi to‘garak faoliyat yuritayotgani hamda ularda 267 nafar o‘quvchi qatnashayotgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, binodagi mavjud jihozlar va sahna anjomlari holati ham ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan muassasa faoliyatini yanada jonlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 5