Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
Taxiatoshda yana bir investitsion loyiha ishga tushadi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich va Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich, tuman Investitsiya bo‘limi bosh mutaxassisi S.Masharipov hamda partiya tuman apparati rahbari A.Aytmuratovlar tomonidan hududdagi investitsiyalarning bugungi kundagi holati o‘rganib chiqildi.

📍 Keyingi manzil: “Sardor Taxiatosh” MChJ

🏗 Ushbu korxona tomonidan 1,3 mlrd so‘m miqdorida (o‘z hisobidan) investitsiya kiritish hisobiga “Aholiga qurilish materiallari savdo-xarid faoliyatini yanada rivojlantirish va xizmat ko‘rsatish markazini tashkil qilish uchun ikki qavatli bino qurish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

📊 Mazkur loyiha:

▪️ PF-10-sonli farmoni

▪️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025 yil 27 maydagi 370-13-0-Q/25-sonli qarori asosida amalga oshirilmoqda.

📍 Shuningdek, tumanning “Taxiatosh” MFY hududidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 0,078 gektar yer maydoni 49 yil muddatga ijara huquqi bilan ajratilgan.

👷‍♂️ Bugungi kunda:

▪️ Poydevor qurish ishlari yakunlangan

▪️ G‘isht terish ishlari amalga oshirilmoqda

💼 Loyiha amalga oshirilishi natijasida 6 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 4