✉️Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati M. Kim tomonidan Chilonzor tumanidagi 280-sonli umumta’lim maktabida mavjud muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
🔄Maktabda o‘quvchilar soni belgilangan quvvatdan ortiq (2700 nafardan ziyod) bo‘lib, hududda zamonaviy sport maydonchasining mavjud emasligi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va sport tadbirlarini tashkil etishda qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda.
Shu munosabat bilan mazkur hududda zamonaviy sport maydonchasini qurish, zarur mablag‘ ajratish hamda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish so'raldi.