Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
🔰Yoshlar bilan uchrashuv.

🔸Jizzax politexnika institutida haftaning payshanba - Yoshlar kuni munosabati bilan talaba-yoshlar bilan uchrashuv hamda S.Zunnunova tavalludning 100 yilligiga atab tadbir o‘tkazildi. Uchrashuvda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati X.Xamdamova o‘z maʼruzasi bilan ishtirok etdi. 

🔸Maʼruzada shoiraning hayoti va ijod yo‘li yoritilib, uning sheʼrlarida Vatan, ona, muhabbat hamda xalqona ruhning tutgan o‘rni misollar orqali tushuntirildi. S.Zunnunova ijodining yoshlar maʼnaviy tarbiyasidagi ahamiyati alohida taʼkidlandi. 

🔸Uning nafaqat ijodi, balki hayot yo‘li ham ibratli ekanligi, yaʼni O‘zbekiston Qahramoni S.Ahmadning umr yo‘ldoshi sifatida ham matonatli va vafodor yor bo‘lib gavdalanishi ham aytib o‘tildi. Maʼruza jarayoni talaba-yoshlar tomonidan qiziqish bilan tinglandi va o‘zaro savol-javoblar hamda iqtidorli talabalarning sheʼriy chiqishlari bo‘lib o‘tdi.

Slide 1 of 4