Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tartibsiz reklamalarga qarshi o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi raisi ham munosib ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi navbatdagi 23 sessiyasida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"
янв.21
Tuproqqal’a tumanida bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Tuproqqal’a tumanida sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash bo‘yicha ishlar muhokama qilindi
янв.21
Nukus saylov okrugida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Tuproqqal’a tumanida aholi bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali fuqaro murojaati ijobiy hal qilindi.
янв.21
“Uz-Semyung Co” qo‘shma korxonasida ishchi-xodimlar uchun muhim seminar tashkil etildi.
янв.21
Tuproqqal’a tumanida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi
#sorov_ijrosi ✅ 31-son maktabdagi qurilish ishlari boshlandi

👩‍💼 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Umirova Manzura Ro‘zimurot qizining deputat so‘roviga asosan “Yo‘g‘ontepa” MFY hududidagi 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari yuzasidan ma’lumot taqdim etildi.

✅ Javob xatida qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-son qarori asosida maktabni rekonstruksiya qilish hamda qo‘shimcha 300 o‘rinli o‘quv bino qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari to‘liq yakunlangan.

🚜 Hozirgi kunda obyekt hududida kotlovan qazish ishlari boshlab yuborilgan. 

🏗 Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida maktabdagi o‘quv o‘rinlari soni oshib, o‘quvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratiladi.

✅ Deputatlik nazorati asosida hududdagi ta’lim muassasalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1