Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda navbatdagi sessiyaga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tarzda atroflicha ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda tumanda sog‘liqni saqlash, xususan, tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordamning ko‘rsatilish holati shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar holati to‘g‘risida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.