Katta Hasanboy mahallasida yoshlar va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sanjar Sobirjonov, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Gulirano Azimova hamda O‘zXDP Yunusobod tuman Kengashi raisi Muxlisa Kosimova tomonidan Katta Hasanboy mahallasi hududida yoshlar va ijtimoiy masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalladagi yoshlarning bandligi, ularning muammo va takliflari, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalar holati hamda hududdagi mavjud masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mutasaddilar tomonidan aniqlangan muammolarni hal etish, aholining murojaatlariga ijobiy yechim topish hamda yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Yunusobod tumanida aholi, ayniqsa yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!