Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
Chinoz tumani. Doimiy komissiya yig'ilishi

Navbatdagi sessiyaga kiritiladigan masalalarni qoida tariqasida doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi

Bugun, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisni doimiy komissiya raisi Surayyo Axmedova olib bordi. 

Majlis kun tartibiga kiritilgan Chinoz tumani hokimining tumanda favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish holati haqida masala yuzasidan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘lim boshlig‘i T.Eraliyevning hisoboti eshitildi. 

Majlis kun tartibidagi masala muhokamasida doimiy komissiya a'zolari Farxod Ibragimov, Mirsoat Mirsodiqov hamda deputatlar Asqar Baxramov, Elyorjon Siadovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Majlis yakunida kun tartibidagi masala bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida xulosa qilindi hamda tegishli hujjatlar qabul qilindi.

Doimiy komissiya a'zosi

Farxod Ibragimov

Slide 1 of 5