Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
Chinoz tumani. Doimiy komissiya yigilishi
Chinoz tumani doimiy komissiyasi O‘zbekiston Respublikasining 641-sonli Qonuni ijrosi masalasini muhokama qildi. Yig‘ilishda qonun amalga oshirilishidagi yo‘nalishlar, bajarilgan ishlarning natijalari, mavjud muammolar va ularni hal qilishga doir tavsiyalar o‘z martabasini topdi. Doimiy komissiya raisi Ra’no Fozilova yig‘ilishni rahbarlik qildi.
Doimiy komissiyada O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi 641-sonli Qonuni ijrosi bo’yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari muhakoma qilindi

 

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi 641-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Qonun doirasida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, Chinoz tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida mazkur qonun ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan holatlar, amalga oshirilgan ishlar natijalari hamda mavjud muammolar yuzasidan markaz direktori Sh. Ro‘zi-Qorievning hisoboti tinglandi.

 

Yig‘ilish davomida doimiy komissiya raisi Ra’no Fozilova rahbarlik qildi. Shu bilan birga, doimiy komissiya a’zolari Olimjon Isoqov va Abdumalik Alievlar tomonidan hamda deputatlari Elyorjon Saidov, Surayyo Axmedovalar tomonidan mas’ullarga qator savollar berildi hamda masala yuzasidan o‘z taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

 

Majlis yakunida qonun ijrosini samarali ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Doimiy komissiya raisi
Ra'no Fozilova
 

Slide 1 of 4