Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tartibsiz reklamalarga qarshi o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi raisi ham munosib ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi navbatdagi 23 sessiyasida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"
янв.21
Tuproqqal’a tumanida bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Tuproqqal’a tumanida sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash bo‘yicha ishlar muhokama qilindi
янв.21
Nukus saylov okrugida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Tuproqqal’a tumanida aholi bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali fuqaro murojaati ijobiy hal qilindi.
янв.21
“Uz-Semyung Co” qo‘shma korxonasida ishchi-xodimlar uchun muhim seminar tashkil etildi.
янв.21
Tuproqqal’a tumanida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi
Ayni damda Xalq deputatlari Boysun tuman kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni damda Xalq deputatlari Boysun tuman kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. 

✅ Sessiya ishini tuman Kengashi raisi B.K.Xaitov olib bormoqda.  

✅ Mazkur sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar o‘rin olgan:

✅️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-438-son qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida.

✅️Boysun tumanida 2026-yil 1-mavsum 1-fevraldan 20-martga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Openbudjet.uz” rasmiy veb sayti orqali tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan ovoz berish jarayoni yakuni bilan g‘olib deb topilgan eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

✅️Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasida mahalla va hududlarda tashkil etiladigan chora-tadbirlar kalendar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida.

✅️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-yanvardagi Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risidagi PF-17-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida.

✅️Xalq deputatlari tuman Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

✅️Boshqa masalalar.

✅ Sessiya ishini tuman hokimligi Axborot xizmatining yuo tube (https://www.youtube.com/live/GkuvcilKzcA?feature=shared) tarmog‘i orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz hamda o‘z fikr mulohazalaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.

Slide 1 of 1