Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash so'rovi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman kengashi navbatdagi 23 sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Sh. Axmedova “Yangi zamin” mahallasida “Inson” ijtimoiy xodimi hamda mahalla faollari bilan hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlarga tashrif buyurdi.
янв.21
Xalq deputati mahallada
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati F.O. Seydabdullayeva tuman dehqon bozorida
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N. Qurbonova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi P. Raxmanov Saidlar mahallasida bo‘ldi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.B. Allayerov tumandagi 6-sonli “Bolalar musiqa va san’at maktabi”da bo‘lidi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman Kengashining navbatdagi 23 -sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Dovlatov Zafar Baxromovich Toza hudud DUK faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Z.B. Rahimberganova Obod mahallasida o‘rganish o‘tkazdi.
SO‘FILAR MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J. Shermatov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘jamberdiyev hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi apparat rahbari A. O‘rmonovalar tomonidan So‘filar mahalla fuqarolar yig‘inida mahalladagi xotin-qizlarni tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Xususan, mahalla hududida istiqomat qiluvchi Z. Umarova o‘z xonadonida kasanachilik yo‘nalishida milliy liboslar tikish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Hozirgi kunda ushbu faoliyat orqali 10 nafardan ortiq xotin-qizlar ish bilan ta’minlanib, o‘z daromad manbalariga ega bo‘lib kelmoqda.

Ular tomonidan mahalliy hamda chet eldan buyurtma asosida keltirilayotgan xom-ashyolar asosida tayyorlanayotgan milliy liboslar xaridorlar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ayniqsa, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar tomonidan ushbu mahsulotlar katta mamnuniyat bilan xarid qilinmoqda.

O‘rganish jarayonida bunday tashabbuskor xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, kasanachilik faoliyatini yanada kengaytirish hamda ko‘proq xotin-qizlarni bandlikka jalb etish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3