Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Lolazor mahallasi aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro YATT A.Omonov tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi.

 Mazkur murojaat “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda joyiga chiqib o‘rganildi.

 O‘rganish jarayonida murojaatchining asosiy faoliyati dizayn va sahnalarni bezash ekani aniqlanib, u faoliyatni kengaytirish uchun munosib joyga ehtiyoj borligini bildirdi.

 Shuningdek, tadbirkor faoliyat olib borayotgan hozirgi bino holati yaroqsiz ekani ma’lum bo‘ldi.

Masala yuzasidan tadbirkorga mahalla hududida bo‘sh turgan joydan foydalanib, o‘z faoliyatini davom ettirish imkoniyati mavjudligi, buning uchun esa tegishli tartibda hujjatlarni rasmiylashtirish zarurligi bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

 Bundan tashqari, deputat F.G‘aybullayev tomonidan tadbirkorga “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirilib, uning huquq va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Bu kabi manzilli o‘rganishlar va amaliy yordamlar mahallalarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6