Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
#nazorat tadbirlari #o'rganish

Olmaliq shahrida aholi farovonligini oshirish va xavfsiz harakatlanishni ta’minlash maqsadida navbatdagi deputatlik nazorati tadbirlari o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Nargiza Atakulova, Oybek Qurolboyev, Mardona Ergashova, Abdujabbor Djurayev va Zuhra Pulatovalar tomonidan "Tinchlik", "Muqumiy" hamda Ahmad Yassaviy mahallalarida o‘rganishlar olib borildi.

🔍O‘rganishda 

Deputatlar, shahar hokimligining qurilish va yo‘l infratuzilmasi bo‘limi boshlig‘i hamda mahalla raislari bilan birgalikda quyidagi masalalarni joyiga chiqqan holda tahlil qildilar:

➡️Markaziy ko‘cha yo‘llarining holati: 

Transport vositalari qatnovi uchun qulaylik darajasi.

➡️Ichki yo‘laklar (trotuarlar): Piyodalar, ayniqsa, bolalar va keksalar harakati xavfsizligi.

➡️Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish:

Xavfli hududlarni aniqlash va zaruriy choralar ko‘rish.

✅Natija qanday?

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar shunchaki qayd etilmadi, balki ularni bartaraf etishning huquqiy mexanizmlari belgilab olindi:

1. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli ijro organlariga deputatlik so‘rovlari yuborish;

2. Masalalar Xalq deputatlari shahar Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishida qayta muhokama qilish va ijrosini qat’iy nazoratga olish.

✍️Maqsadimiz— shahrimiz ko‘chalarini ravon, mahallalarimizni esa xavfsiz maskanga aylantirishdir.

Slide 1 of 7