Mazkur jarayonda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov ishtirok etdi.
💬O‘rganishlar Kengash kotibiyati xodimlarining deputatlar bilan hamkorlikda ishlash grafigi ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.
💬Tahlil davomida quyidagi mas’ullarning faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi:
🔅Mahalla raisi: “Mahalla yettiligi” tizimini muvofiqlashtirish va hudud obodligi;
🔅Hokim yordamchisi: Aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
🔅Xotin-qizlar faoli: Ayollar ijtimoiy himoyasi va xotin-qizlar muammolarini hal etish.
🔅Ularning aholi bilan ishlash va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish borasidagi faolligi tanqidiy-tahliliy baholandi.
🫥Deputat o‘rganishlar davomida o‘z saylovchilarining murojaatlarini ham tingladi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan infratuzilma, ijtimoiy yordam va bandlik masalalari bo‘yicha takliflar qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.