Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hazorasp mahallasi obod etilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati J. Kuryazov mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.
янв.21
2026-yil 3-aprel kuni Tuproqqal’a tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O‘zbekiston XDP Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati J. Kuryazov “Deputat mahallada” loyihasi doirasida Sharlauk mahallasi aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Tuproqqal’a tumanining chekka hududlaridan biri bo‘lgan Tuproqqal’a maskani mahallasida Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati A. Jimalyazov “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida qator samarali tadbirlarda ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Akmal Artikovich Jimalyazov Tuproqqal’a massivida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Ismoil Jumanazarov “Sarimoy” mahallasidagi umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, muassasaning sport zali holati hamda undagi mavjud sport inventarlarini atroflicha o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputati tomonidan «Yoshlik» mahallasiga biriktirilgan soliq inspektori zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilish holati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga 20-«Nurobod» saylov okrugidan saylangan deputat Axmedov Sultonboy Ismoilovich «Nurobod» mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligi holatini atroflicha o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Bekchanov Akbarjon Jumabayevich 19-son “Shayxlar” saylov okrugida
Deputat mahallaning infratuzilmasidagi muammolarni o‘rgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarorida hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalar asosida, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan joylardagi muammolarni aniqlash va ularga amaliy yechim topishda o‘zaro hamkorlikda ish olib borish belgilangan.

Deputat mahalla hududidagi ichki yo‘llar va elektr sim yog‘ochlar holatini o‘rganish jarayonida Bo‘lak adir ko‘chasi 1,0 km, Mirishkor ko‘chasi 1,5 km, G‘.G‘ulom nomli kuchani 0.8 km masofasini tosh to‘kish orqa ta’mirlash kerakligi hamda Bo‘lak adir ko‘chasidagi yaroqsiz bo‘lib qolgan 28 dona sim yog‘ochlarni temir beton ustunlar almashtirish zarurligi aniqlandi. 

Mahalla infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 6