Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hazorasp mahallasi obod etilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati J. Kuryazov mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.
янв.21
2026-yil 3-aprel kuni Tuproqqal’a tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O‘zbekiston XDP Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati J. Kuryazov “Deputat mahallada” loyihasi doirasida Sharlauk mahallasi aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Tuproqqal’a tumanining chekka hududlaridan biri bo‘lgan Tuproqqal’a maskani mahallasida Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati A. Jimalyazov “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida qator samarali tadbirlarda ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Akmal Artikovich Jimalyazov Tuproqqal’a massivida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Ismoil Jumanazarov “Sarimoy” mahallasidagi umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, muassasaning sport zali holati hamda undagi mavjud sport inventarlarini atroflicha o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputati tomonidan «Yoshlik» mahallasiga biriktirilgan soliq inspektori zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilish holati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga 20-«Nurobod» saylov okrugidan saylangan deputat Axmedov Sultonboy Ismoilovich «Nurobod» mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligi holatini atroflicha o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Bekchanov Akbarjon Jumabayevich 19-son “Shayxlar” saylov okrugida
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTATLAR NAZORATIDA

Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yangi bosqichga olib chiqish, aholiga sifatli xizmat koʻrsatish, boshqarish organlari barqarorligini taʼminlash va toʻlov intizomini yaxshilash, sohada davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-48-son qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorning 9-ilovasi bilan tasdiqlangan “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimi samaradorligini oshirish va sohani yanada rivojlantirish boʻyicha yoʻl xaritasi”da 2026-2027-yillarda koʻp kvartirali uylarga tutash hududlarda umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida kiritilgan loyiha takliflarini ishlab chiqish hamda shakllantirilgan roʻyxat asosida Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan manzilli Dasturlarni tasdiqlash belgilangan.

Shunga asosan, ushbu qarorning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “2026-2027-yillarda shahar va tumanlarda respublika byudjetidan 1 trln.soʻm mablagʻ ajratish hisobiga koʻp kvartirali uylarni taʼmirlash hamda uylarga tutash hududlarda umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturi”da 2026-2027-yillarda Vobkent tumanida Respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan jami 926 mln.soʻm, shundan 2026-yilda 365 mln.soʻm (50 p/m irrigatsiya tarmoqlarini qurish 9 mln.soʻm, 1000 m2 yoʻlaklarni betonlash 180 mln.soʻm, 2 ta hojatxonalar qurish 180 mln.soʻm) hamda 2027-yilda 561 mln.soʻm (1 ta bolalar maydonchasini qurish 367 mln.soʻm, 70 p/m irrigatsiya tarmoqlarini qurish 13 mln.soʻm, 370 m2 yoʻlaklarni betonlash 81 mln.soʻm, 1 ta hojatxonalar qurish 100 mln.soʻm) koʻp kvartirali uylarning tutash hududlarida bajariladigan ishlar rejalashtirilgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori III boʻlim, 7 bandida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2026-2027-yillarda ajratiladigan mablagʻlarning kamida 10 foizgacha qismi 2026-yil 15-mart kuniga qadar Qurilish va uy-joy krommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonida tasdiqlanadigan alohida dastur asosida koʻp kvartirali uylarning tutash hududida daraxt va butalar ekish hamda ularni sugʻorish tizimi bilan taʼminlash uchun yoʻnaltirilishi belgilangan.

Shunga asosan, Respublika byudjeti hisobidan tumanda 250 mln.soʻm mablagʻ ajratilishi belgilangan boʻlib, “Charmgaron” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashagan mavjud koʻp kvartirali uylarning tutash hududida “Yashil makon” bogʻini barpo etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, ushbu qarorning 4-ilovasida 2026-yilda Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar hamda boshqa manbalari hisobiga koʻp kvartirali uylarni taʼmirlash rekonstruksiya qilish va tutash hududlarni obodonlashtirish boʻicha “yigʻma dastur” ishlab chiqilgan.

2026-yil davomida tumandagi koʻp kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha dastlabki manzilli roʻxati ishlab chiqilgan boʻlib, bunda 7 ta koʻp kvartiral uylarni taʼmirlash rejalashtirilgan. Ushbu taʼmirlash ishlarida jami 407,7 mln.soʻm mablagʻ ajratilishi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qarori ijrosini Vobkent tumanida taʼminlash boʻyicha tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi tomonidan tayyorlangan 2026-2027-yillarda respublika byudjetidan ajratilayotgan mablagʻlar hisobiga “Vobkent”, “Charmgaron” va “Doʻstlik” mahalla hududlaridagi koʻp kvartirali uylarni taʼmirlash hamda uylarga tutash hududlarda umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturi”ga asosan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 25-sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan 5-Narshaxiy saylov okrugidan deputat, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Naimova, 4-Niyozxoʻja saylov okrugidan deputat, “Charmgaron” mahalla fuqarolar yigʻini raisi D.Hayitovalar tomonidan “Nodirshoh byulder” boshqaruv servis kompaniyasi MCHJ rahbari B.Choriyev, “Doʻstlik” MFY raisi N.Qodirova hamda “Vobkent” MFY raisi A.Rajabov hamkorlikda atroflicha oʻrganib chiqildi.

Bu borada kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan ishlar sifatli bajarilishi deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olinadi. 

Slide 1 of 7