Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuproqqal’a tumanida ijtimoiy xizmatlar sifati va deputat nazorati
янв.21
Tuproqqal’a tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Tuproqqal’a tumanida 5 ta bolalar o‘yingohi quriladi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputatlari Z. Raximberganova, J. Kuryazov hamda Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati M. Yarashev deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida o‘zi saylangan 17-“Navro‘z” saylov okrugiga qarashli Oxunbabaev mahallasida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi Xushnudbek Sultonov “Mahalla” tizimi faoliyatini o‘rganish maqsadida Oxunbabaev mahallasida bo‘ldi.
янв.21
“Yashil makon” umummilliy dasturi
янв.21
**Mehr va e’tibor – inson qadri uchun** Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati J. Kuryazov mahalladagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar oldi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashiga 14-“Nukus” saylov okrugidan saylangan deputat N. Muminov deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganish olib borish maqsadida 5-son umumta’lim maktabi kutubxonasiga tashrif buyurdi.
янв.21
Deputat mahallada
Kengash_faoliyati

🏛 DAVLAT IDORASI — XALQQA XIZMAT QILISHI SHART!

Xalq deputatlar Bandixon tumani Kengashi raisi Erkinjon Jurayev aholiga xizmat ko‘rsatish maskanlarini ko‘zdan kechirdi.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi Erkinjon Normurodovich Jurayev tumandagi Davlat xizmatlari markazi va FHDYo bo‘limiga tashrif buyurib, "mahalla — tuman — viloyat" zanjiri asosida xizmat ko‘rsatish sifatini tahlil qildi.

📱O‘rganish davomida nimalarga e’tibor berildi?

✅ Sifat ko‘rsatkichi: Hujjatlarni rasmiylashtirishda ortiqcha qog‘ozbozlikka yo‘l qo‘yilmayotganligi;

✅ Muloqot madaniyati: Xodimlarning fuqarolar bilan ishlash jarayoni;

✅ Vaqt sarfi: "Yagona darcha" tamoyili asosida xizmatlarning tezkorligi;

💻 IT-imkoniyatlar: Onlayn xizmatlardan foydalanish darajasi.

✅ "Murojaatchi emas, hujjat harakatlanishi kerak!"

Kengash raisi o‘rganish davomida markazga kelgan fuqarolar bilan shaxsan suhbatlashib, ularning fikr va mulohazalarini tingladi. Ayrim texnik sabablar bilan kechikayotgan xizmatlar yuzasidan mutasaddilarga qat’iy topshiriqlar berildi.

"Davlat xizmatlari ko‘rsatish — bu shunchaki qog‘oz berish emas, bu xalqning og‘irini yengil qilishdir. Har bir xodim o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi shart," — dedi E. Jurayev.

Nazorat ishlari yakunida sohani yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Maqsad bitta: xalqning roziligi — islohotlarning oliy mezoni!

"Davlat xizmatlari ko‘rsatish — bu shunchaki qog‘oz berish emas, bu xalqning og‘irini yengil qilishdir. Har bir xodim o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi shart," — dedi E. Jurayev.

Nazorat ishlari yakunida sohani yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Maqsad bitta: xalqning roziligi — islohotlarning oliy mezoni!

Slide 1 of 6