Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari
bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibida: “O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi
Qonunini tumandagi ijrosi, shuningdek, tumanda yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar
to‘g‘risida” - O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i K.Abdurazaqov
tomonidan taqdim etilgan hisobot o‘rganib chiqildi.
Yig‘ilish davomida komissiya a’zolari tomonidan tumanda qonun ijrosini yanada samarali ta’minlash,
yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ularning muammolarini tizimli
ravishda hal etish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.