Aholi daromadini oshirish – bosh maqsad!
Bugun xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi raisi A.Uzakov hamda soha vakillari ishtirokida aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot markazida Davlatimiz rahbarining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish masalasi turdi.
Uchrashuvda:
✅ Yangi yondashuvlar: Hududlarni rivojlantirishda eski uslublardan voz kechib, har bir mahallaning imkoniyatidan kelib chiqqan holda "o‘sish nuqtalari"ni aniqlash.
✅ Barqaror bandlik: Aholiga yuqori daromad keltiruvchi doimiy ish joylarini yaratish.
✅ Kambag‘allikni qisqartirish: Ehtiyojmand oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish va ularning o‘z daromadiga ega bo‘lishi uchun sharoit yaratish masalalari tushuntirildi.