Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hazorasp mahallasi obod etilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati J. Kuryazov mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.
янв.21
2026-yil 3-aprel kuni Tuproqqal’a tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O‘zbekiston XDP Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati J. Kuryazov “Deputat mahallada” loyihasi doirasida Sharlauk mahallasi aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Tuproqqal’a tumanining chekka hududlaridan biri bo‘lgan Tuproqqal’a maskani mahallasida Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati A. Jimalyazov “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida qator samarali tadbirlarda ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Akmal Artikovich Jimalyazov Tuproqqal’a massivida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Ismoil Jumanazarov “Sarimoy” mahallasidagi umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, muassasaning sport zali holati hamda undagi mavjud sport inventarlarini atroflicha o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputati tomonidan «Yoshlik» mahallasiga biriktirilgan soliq inspektori zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilish holati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga 20-«Nurobod» saylov okrugidan saylangan deputat Axmedov Sultonboy Ismoilovich «Nurobod» mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligi holatini atroflicha o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Bekchanov Akbarjon Jumabayevich 19-son “Shayxlar” saylov okrugida
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida yuzaga kelgan suv quvuridagi nosozlik tezkor ravishda nazoratga olinib, ta’mirlash ishlari tashkil etildi.

#24_yonalish     

#Nazorati_tahlil_tadbiri

Deputat aralashuvi bilan ichimlik suvi muammosi yechim topdi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida yuzaga kelgan suv quvuridagi nosozlik tezkor ravishda nazoratga olinib, ta’mirlash ishlari tashkil etildi.

 Hududda ichimlik suvi ta’minotida yuzaga kelgan uzilish sabablari atroflicha tahlil qilinib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.

Mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yakunida deputat tomonidan bu kabi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va tezkor bartaraf etish, aholining murojaatlariga befarq bo‘lmaslik zarurligi alohida ta’kidlandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)

Slide 1 of 2