Mahalliy muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish maqsadida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati H. Sulaymonova Yangiobod MFY hududida xonadonma-xonadon yurib aholi bilan uchrashdi.
Tashrif davomida fuqarolar bilan ochiq suhbatlar o‘tkazilib, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammolari, taklif va murojaatlari tinglandi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini bevosita joyida o‘rganish, ularning yechimiga tezkor yondashish hamda xalq bilan muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Deputatning xonadonma-xonadon yurib olib borayotgan ishlari fuqarolar tomonidan ijobiy baholanmoqda.