Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi "2-Bog'" okrugi deputati Nigmatov Mirzoferuz Obidjonovich "Obliq" MFY mahalla yettiligining faoliyatini o‘rganish maqsadida hududda bo‘lib, aholi bilan uyma-uy yurib suhbatlashdi.
Tashrif davomida aholini ijtimoiy-iqtisodiy holati xonadonbay o‘rganilib, fuqarolarning bandlik darajasi, oilalarning daromad manbalari hamda ularni oshirish imkoniyatlari tahlil qilindi. Shuningdek, xonadonlarda tomorqa yerlaridan foydalanish holati, mahalladagi qonunbuzarliklarning oldini olish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, yoshlar hamda xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar holati ham atroflicha o‘rganildi.
Mazkur jarayonda aholi bilan ochiq muloqot o‘rnatilib, mahalladagi mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi kotibiyati