Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Obod mahalla — farovon hayot garovi!”

Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida hudud deputati M.Yoʻldosheva uyushqoqlik bilan ishtirok etdi.

Hashar davomida Xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashi deputati M.Yoʻldosheva tomonidan Oltish va Yangibogʻ hududlaridagi qabristonlar hamda mahalla ko‘chalari tozalanib, tartibga keltirildi. Shuningdek, atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 20 ga yaqin manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Mazkur ezgu tashabbus doirasida Oltish va Yangibogʻ mahallalaridagi yoshlar o‘zaro birlashib, mahallaning yanada obod va ko‘rkam qiyofaga kirishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishdi.

Slide 1 of 3