Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Ismoil Jumanazarov “Sarimoy” mahallasidagi umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, muassasaning sport zali holati hamda undagi mavjud sport inventarlarini atroflicha o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputati tomonidan «Yoshlik» mahallasiga biriktirilgan soliq inspektori zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilish holati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga 20-«Nurobod» saylov okrugidan saylangan deputat Axmedov Sultonboy Ismoilovich «Nurobod» mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligi holatini atroflicha o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Bekchanov Akbarjon Jumabayevich 19-son “Shayxlar” saylov okrugida
янв.21
Tashabbusli byudjet tuman Kengashi doimiy komissiyasi muhokamasida:
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi" yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi.
янв.21
Tuproqqal’a tumanida ijtimoiy xizmatlar sifati va deputat nazorati
янв.21
Tuproqqal’a tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Tuproqqal’a tumanida 5 ta bolalar o‘yingohi quriladi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputatlari Z. Raximberganova, J. Kuryazov hamda Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
DEPUTAT TASHABBUSI VA NAZORATI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T.Sattarov tomonidan tumanning “Karsagan” mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda muammolar mavjudligi aniqlandi. Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda, shuningdek fuqarolar hamda deputat homiyligi asosida amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Xususan, mahalla hududida ariqlarni betonlash, piyodalar yo‘lakchalarini qurish kabi obodonlashtirish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Ushbu ishlar, avvalo, mahalla aholisi, ayniqsa o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 5