Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun muborak Ramazon hayiti ayyomi munosabati bilan Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi raisi X. Sultonov, kotibiyat bosh mutaxassisi P. Raxmonov hamda Kengash deputati M.Matyaqubovlar Muhabbat va Yo‘ldosh Oxunboboyev mahallalarida bo‘lib, aholi va bemorlar holidan xabar oldilar.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL'A TUMANI KENGASHINING Q A R O R I
янв.21
“Coursera” xalqaro ta’lim platformasida 4200 nafardan ortiq maktab o‘quvchilari
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat so‘rovi orqali fuqaro murojaati ijobiy hal qilindi.
янв.21
**Deputat hududdagi kommunal muammolarni o‘rgandi**
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL'A TUMANI KENGASHINING Q A R O R I
янв.21
Tuproqqal’a tuman Kengashining 4-“Saxovat” saylov okrugidan saylangan deputat Nafosat Allaberganova mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan tanishdi hamda fuqarolar murojaatlarini tingladi.
янв.21
Tuproqqal’a tuman Kengashining 20-sonli “Nurobod” saylov okrugidan saylangan deputat S. Axmedov fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL'A TUMANI KENGASHINING Q A R O R I
Uzunbuloqda ichki yo‘l muammosi: Deputat so‘rovi yuborildi

Uzunbuloqda ichki yo‘l muammosi: Deputat so‘rovi yuborildi

“Uzunbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini, Zafarobod qishlog‘i aholisiga anchadan buyon ichki yo‘l muommo bo'lib kelmoqda. Ayniqsa, Fayzulla Xo‘jayev ko‘chasining 1 000 metr qismi bugungi kunda mutlaqo yaroqsiz, ta’mirtalab holatga kelib qolgan.

Bu holat nafaqat piyodalar va haydovchilar uchun noqulaylik tug‘dirmoqda, balki yog‘ingarchilik kunlarida aholining, ayniqsa, maktab o‘quvchilarining harakatlanishini qiyinlashtirmoqda.Mazkur muammoni ijobiy hal etish, yo‘lni zamonaviy talablar asosida ta’mirlash maqsadida hududdan saylangan deputat X.Norqulov tomonidan tegishli tashkilotga so‘rov yuborildi. Deputat so‘rovida mazkur ko‘chani ta’mirlash ishlarini dasturlarga kiritish va qisqa muddatlarda aholi uchun qulay sharoit yaratish masalasi qat’iy qo‘yilgan. 

Ushbu masalaning ijrosi nazoratga olingan bo‘lib, tez orada amaliy ishlar boshlanishi kutilmoqda.

Slide 1 of 2