Yangiliklar

DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI

Nazorat jarayonida ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolar atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilot va mutasaddilarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi. Mazkur masalalar ijrosini ta’minlash va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.

Deputatlik nazorati doirasida ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish hamda maktab faoliyatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati