2️⃣-mart -Tumanda iqtidorli yoshlarni aniqlash, saralash va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rganish.
3️⃣-mart -Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish.
4️⃣-mart -Tumanda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazish.
5️⃣-mart -Tumanda xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlari ijrosi holatlarini tahlil qilish.
6️⃣-mart -Tumanda avtomobil yo‘llari va ko‘priklarni qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash holati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish.
9️⃣-mart -Yettinchi bosqich “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilab olingan chora-tadbirlarni muhokama qilish.
🔟-mart -Tumanda sog‘liqni saqlash, tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordamlarni ko‘rsatilishi holatlarini o‘rganish.
1️⃣1️⃣-mart -Tumanda jamoat transport qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalashtirilayotgan ishlar bo‘yicha muhokama o‘tkazish.
1️⃣2️⃣-mart -Tumanda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga amal qilinish holatlari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazish.
1️⃣3️⃣-mart -Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalariga kiritilayotgan masalalarni dastlabki tarzda tegishli doimiy komissiyalar majlislarida muhokama qilish.
1️⃣6️⃣-mart -Tumanda suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holatlari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazish.
1️⃣7️⃣-mart -Tumandagi mahallalarda deputat va “mahalla yettiligi” hamkorligida aholi bilan uchrashuvlar tashkil etish.
1️⃣8️⃣-mart -Tumanda “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi ijrosi, avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish.
1️⃣9️⃣-mart -Tumandagi mahallalarda deputat va “mahalla yettiligi” hamkorligida aholi bilan uchrashuvlar tashkil etish.
2️⃣0️⃣-mart -Tumanda nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish borasidagi ishlar holatini o‘rganish.
2️⃣3️⃣-mart -Tumandagi mahallalarda deputat va “mahalla yettiligi” hamkorligida aholi bilan uchrashuvlar tashkil etish.
2️⃣4️⃣-mart -Tumanning sanitar-epidemiologik holati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi xizmati bo‘yicha ishlarni o‘rganish.
2️⃣5️⃣-mart -Tumandagi mahallalarda deputat va “mahalla yettiligi” hamkorligida aholi bilan uchrashuvlar tashkil etish.
2️⃣6️⃣-mart -Tumanda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish
2️⃣7️⃣-mart -“Xalq nazorati” platformasi orqali kelib tushgan murojaatlarning hal etilishi holatlarini tahlil qilish.
3️⃣0️⃣-mart -Tuman mahallalari kesimida jinoyatchilikni aniqlash va uning oldini olish choralari samaradorligini oshirish holatini o‘rganish.
3️⃣1️⃣-mart -Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan yuborilgan deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlarini tahlil qilish.