Yangiliklar

Deputatlar mahalalarda

Deputatlar mahalalarda

➡️Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati T.Ashurova hamda kotibiyati xodimlarining vazifalar taqsimotiga asosan deputatlar bilan hamkorlikda ishlash grafigi ijrosini ta'minlash maqsadida, deputat o‘z saylov okrugidagi "Tojikobod" MFYsidagi xotin-qizlar faoli faoliyati o'rgandi.

➡️Deputat "Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo'nalishlari bo'yicha" belgilangan 24 tavsiyalar asosida o'rganish o'tkazib, yettilik bilan aholini qiynayotgan kundalik muammolar muhokama qilindi. Xotin-qizlar faolining taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq rejalar tuzildi. Qaysi masala qanday tarzda hal etilishi belgilab olindi. Deputat tomonidan mahalla faollari bilan birga ishlash, murojaatlarni nazoratga olish va natijalar haqida aholini xabardor qilib borish muhimligi ta’kidlandi.