Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yashil makon” umummilliy dasturi
янв.21
**Mehr va e’tibor – inson qadri uchun** Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati J. Kuryazov mahalladagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar oldi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashiga 14-“Nukus” saylov okrugidan saylangan deputat N. Muminov deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganish olib borish maqsadida 5-son umumta’lim maktabi kutubxonasiga tashrif buyurdi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqala tuman Kengashining “Hazorasp” mahallasidan saylangan deputat Z. Arazova ishtirokida jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish hamda bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.
янв.21
Deputat so'rovi
янв.21
Yurt obodligi yo'lida
янв.21
Bugun muborak Ramazon hayiti ayyomi munosabati bilan Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi raisi X. Sultonov, kotibiyat bosh mutaxassisi P. Raxmonov hamda Kengash deputati M.Matyaqubovlar Muhabbat va Yo‘ldosh Oxunboboyev mahallalarida bo‘lib, aholi va bemorlar holidan xabar oldilar.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL'A TUMANI KENGASHINING Q A R O R I
янв.21
“Coursera” xalqaro ta’lim platformasida 4200 nafardan ortiq maktab o‘quvchilari
24-Po'latdarxon saylov okrugida tadbirkor bilan ochiq muloqot.

24-Po'latdarxon saylov okrugida tadbirkor bilan ochiq muloqot.

🇺🇿24-Po‘latdarxon saylov okrugi deputati D. Marupova hududda gul yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 🇺🇿Uchrashuv davomida issiqxona sharoitida parvarish qilinayotgan turli xil manzarali va mavsumiy gullar, ularni yetishtirish jarayoni hamda realizatsiya tizimi ko‘zdan kechirildi. Tadbirkor tomonidan yaratilgan ish o‘rinlari, mahsulot sifati va bozordagi talab haqida batafsil ma’lumot berildi.

 🇺🇿Muloqot jarayonida sohani yanada rivojlantirish, issiqxona maydonlarini kengaytirish hamda yangi navlarni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi. Deputat tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

 🇺🇿Bunday tashriflar hududda gulchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahalliy mahsulotlar hajmini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4