Yangiliklar

DЕPUTAT NAZORATI

🔹Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati A.Djabborov Hamza va Qushchi MFYga tashrif buyurdi. Tashrif davomida deputat mahallada mahalla yettiligi uchun barpo etilayotgan yangi bino qurilishi holati bilan yaqindan tanishdi.

🔹Qurilish jarayonlari, olib borilayotgan ishlar sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda yaratilayotgan shart-sharoitlar koʻzdan kechirildi. Shuningdek, qurilishda qoʻllanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, jumladan, energiya tejamkorlikni taʻminlash maqsadida oʻrnatilayotgan quyosh panellari masalalariga ham alohida eʻtibor qaratildi.

Slide 1 of 5