🔹O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlari M.Ashurov va J.Abdixayomovalar tumanning “Navro‘z” va “Markaziy” mahallalarida fuqarolar qabuli o‘tkazdilar.
🔹Tadbirda bildirilgan muammolarning ayrimlari huquqiy tushuntirish berish orqali hal qilingan bo‘lsa, boshqalari yuzasidan deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.