Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi navbatdagi 23 sessiyasida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"
янв.21
Tuproqqal’a tumanida bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Tuproqqal’a tumanida sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash bo‘yicha ishlar muhokama qilindi
янв.21
Nukus saylov okrugida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Tuproqqal’a tumanida aholi bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali fuqaro murojaati ijobiy hal qilindi.
янв.21
“Uz-Semyung Co” qo‘shma korxonasida ishchi-xodimlar uchun muhim seminar tashkil etildi.
янв.21
Tuproqqal’a tumanida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi
янв.21
Tuproqqal’a tuman Kengashi qarori qabul qilindi
янв.21
Z. Arazova Hazorasp mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llari holati hamda ko‘chalarning tungi yoritilishi bilan tanishdi.
Muhim siyosiy islohotlarning mantiqiy davomi

Mamlakatimizda so‘nggi yillarida xalq deputatlari mahalliy kengashlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilishga oid dolzarb masalalarni hal qilish bo‘yicha vakolatlari kengaytirilib, xalq hokimiyatchiligini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 2-fevraldagi “Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-28-sonli Farmoni – mahalliy darajada davlat hokimiyatini transformatsiya qilishga, tom ma’noda xalqchil tizimni joriy etishga qaratilgan muhim siyosiy islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Farmon bilan O‘zbekiston mahalliy boshqaruvi tarixida birinchi marotaba mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini yangi model – “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida isloh qilishga qaratilgan qator qoidalar belgilab berildi.

Jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida ta’lim,atrof-muhitni muhofaza qilish,shaharsozlik,transport va hududning infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 33 ta vakolatlar xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga o‘tkazildi.

Farmon bilan 2024 yil 1 oktabrgacha O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.

Kengashlarning qonunchilikdagi vakolatlari tizimlashtirilmagani natijasida, mahalliy Kengashlar hokimliklar va qator davlat idoralarining u yoki bu sohaga oid hisobot va axborotlarini yiliga qariyb yuzdan ortiq marotaba eshitishi lozim edi. Bu esa, mahalliy Kengashlarning ish yuklamasini sun’iy ravishda oshirib, joylarda haddan tashqari tartibga solishga sabab bo‘lib, muhim vakolatlar nomigagina amalga oshirilishiga sabab bo‘layotgan edi.

Farmon bilan Kengashlarning hisobot va axborot eshitishga oid ayrim vakolatlari qayta ko‘rib chiqilib, ular sohalar bo‘yicha tizimlashtirildi.

Shuningdek, Kengashlarning o‘z faoliyatini davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda amalga oshirishi kafolatlanmoqda.

Xususan, endilikda:

mahalliy Kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalar faqatgina qonun hujjatlari bilan yuklanishi;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi;

kelgusida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda tegishli vazifalarni mahalliy vakillik organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasida aniq belgilab borish;

amaldagi qonunchilikdagi mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklatilgan va Kengashlar faoliyatiga xos bo‘lmagan vazifalar ijrosi bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mas’ul ekanligi belgilanmoqda.

Ushbu yangiliklar, shubhasiz, mahalliy Kengashlarning o‘z faoliyatini faqatgina o‘z saylovchilari va tegishli hudud manfaatini ko‘zlagan holda amalga oshirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.