Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman Kengashi deputati Salohiddin Kuldashov "Markaz" mahallasida joylashgan ichimlik suvi nasoslari bir necha kundan beri ishlamayotgani tufayli aholining suvsiz qiynalayotgani yuzasidan mahalla yettiligi va faollar bilan birgalikda muammoni joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish davomida aholining murojaatlari tinglanib, nasoslarning ishlamay qolish sabablari bo‘yicha Boyovut tumani "Suvta'minot" davlat unitar korxonasiga (70-ds-384-25-sonli) deputatlik so‘rovi yuborildi.

Muammoni qisqa muddatda hal qilish va aholini ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash masalasi doimiy nazoratga olindi.

Slide 1 of 3