Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Murotova Lola Ne'matjon qizi 2025-yilning 2-choragi davomida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi.
Deputat xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi tomonidan ko'rilgan masalalar va Navbahor mahallasi fuqarolari murojaatlari natijalari to'g'risida ma'lumot berdi.
Shuningdek, Chilonzor tumani hududidagi tuman Obodonlashtirish tassarufidagi jamoat transport qatnaydigan ko‘chalarni ta’mirlash ishlari bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlanganligi va Navbahor va Katta Navbahor mahallalarini tutashtiruvchi ko'chalar ham ushbu dasturga kiritilganligi aytib o'tildi.
Bundan tashqari, Davlatimiz rahbarining tegishli topshiriqlari asosida mahallalarda, to‘y-ma’rakalarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, shukronalik bilan hayot kechirish bo‘yicha suhbat olib borildi.