Yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Xudayberdiyeva Xusniya Buriboyevna tomonidan tumandagi 71-, 75- va 98-sonli umumta’lim maktablarining 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Deputat maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini o‘rgandi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Xudayberdiyeva Xusniya Buriboyevna tomonidan tumandagi 71-, 75- va 98-sonli umumta’lim maktablarining 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Tashrif davomida maktablarning moddiy-texnik bazasi, o‘quv xonalarining tayyorgarlik darajasi, darslik va o‘quv qurollari bilan ta’minlanganligi, shuningdek, obodonlashtirish hamda ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Uchrashuv chog‘ida o‘qituvchilar va maktab rahbariyati bilan yangi o‘quv yiliga oid rejalar muhokama qilinib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 6