#Bunyodkorlik
Qibray tumanida kichik hajmli bolalar uyi ochildi
Qibray tumanida kichik hajmli bolalar uyi ochildi. Bu orqali ota-ona qaramog‘idan mahrum, nogironligi bo‘lgan bolalarni oila muhitiga yaqin sharoitda tarbiyalash mo‘ljallangan.
Tarbiyachilar har bir bola bilan individual ishlaydi, doimiy mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi. Bu yondashuv bolalarning sog‘lom rivojlanishi va jamiyatga moslashuviga xizmat qiladi. Joriy yil davomida Toshkent viloyatida uchta kichik hajmli bolalar uyi ochilishi rejalashtirilgan.
Tadbirda Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Sayyora Fayziyeva ishtirok etdi.