Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev va Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi tomonidan aholi bilan tematik uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Reja jadvalga asosan ta’lim sohasi vakillari bilan “Ta’lim sohasidagi islohatlar, o‘quv jarayoning sifati, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining holati, kadrlar muammosi” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda Fan-ta’lim, sog‘liqni saqlash masalalari va yoshlar siyosati, madaniyat hamda sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi va a’zolari, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, tuman va shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi mudirlari hamda sohaga aloqador vakillar ishtirok etdi.
Shuningdek, Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Sh.Burxonov tomonidan “Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 2024/2025-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar” mavzusida viloyat deputatlariga taqdimot qildi.