Viloyatda 69 nafar fuqaro mulk huquqiga ega bo‘ldi
Bugun Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida yana 69 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan egalik huquqlari eʼtirof etildi. Ular
🔹Bekobod tumanida - 7 nafar
🔹Bo‘ka tumanida - 18 nafar
🔹Bo‘stonliq tumanida - 1 nafar
🔹Ohangaron tumаnida - 9 nafar
🔹Oqqo‘rg‘on tumanida - 4 nafar
🔹O‘rta Chirchiq tumanida - 28 nafar
🔹Piskent tumanida - 2 nafar
Endilikda mazkur hujjat egalik huquqi uchun asos bo‘lib, kelgusida yashash joyiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish, meros va boshqa bir qator notarial hatti-harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
❗️Ma‘lumot uchun hozirda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasining 200 dan ortiq kadastr xodimlari tomonidan reja-jadvalga muvofiq, viloyatning barcha hududlarida xatlov ishlari amalga oshirilmoqda va bugungi kunga qadar viloyat bo‘yicha 52 mingdan ortiq obyekt xatlovdan o‘tkazildi.