Jalaquduq tumani Xaqiqat mahallasida O`zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Jalaquduq tuman Kengashi raisi,
deputat B.Bazarov mahalla faollari bilan birgalikda “Tozalik yo`lida birlashaylik” mavzusida samarali uchrashuv o`tkazdi. Uchrashuvda mahalla aholisining hayot sifati va atrof-muhitni muhofaza qilishga bo`lgan mas`uliyati muhim ahamiyatga ega ekani ta`kidlandi.
Mahalla faollari, jumladan Xaqiqat mahallasi raisi, profilaktika inspektori va yoshlar yetakchisi birgalikda fuqarolarni mahalladagi tozalik ishlariga, ya`ni xasharga faol jalb etishmoqda. Bu jarayonda oqsoqollar kengashining ko`rsatmalari asosida ish olib borilib, mahallani tozalash va go`zallashtirish bo`yicha amaliy chora-tadbirlar doimiy ravishda amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda ta`kidlanganidek, mahalla ahlining birdamligi, mas`uliyatliligi va faolligi yoshlar va kattalar o`rtasida atrof-muhitni asrash
va jamiyatni obod qilish uchun muhim omil sanaladi. Bunday tashabbuslar mahalladagi ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashga, jamoatchilik hamkorligini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Deputat B. Bazarov shu kabi tashabbuslarni har tomonlama qo`llab-quvvatlashini bildirib, kelgusida mahallalarda yanada ko`proq tashabbuslar bilan chiqish va aholi ishtirokini oshirishga chaqiriq qildi.
Shu tariqa, “Tozalik yo`lida birlashaylik” shiori ostida mahalla fuqarolari hamjihatlikda ish olib borib, yashash muhitini yaxshilash va
xalq farovonligini oshirishga xizmat qilayotgani yurtimizdagi mahalla rivojining yaxshi namunasi bo`lib xizmat qilmoqda.