Yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashiga 19-Rovot okrugidan saylangan deputat Zokir Isayev “Fitrat” mahallasida joylashgan 37-sonli DMTTdagi qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Zokir Isayev “Fitrat” mahallasida joylashgan 37-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari jarayonini o‘rgandi.

Mazkur muassasa Vazirlar Mahkamasining 454-sonli qaroriga asosan davlat dasturiga kiritilgan bo‘lib, 120 o‘rinli yangi bino qurilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunga kelib, qurilish-ta’mirlash ishlari 38 foizga bajarilgan. Jumladan, bino 2-qavatida g‘isht terish, 1-qavatida esa ichki va tashqi qismlarda suvoq ishlari, shuningdek, ichki qismlarda yordamchi devorlarni terish ishlari olib borilmoqda.

Qurilish ishlarini joriy yilning sentabr oyida yakunlab, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. 

Slide 1 of 3