Pastdarg‘om tuman prokurori Jasur Yuldashev:
Jinoyatlarni oldini olish va ularni issiq izidan fosh etish hamda yurtboshimizning mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha PQ-1-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, maktablar, sport maydonlari hamda mahallalarning kirish-chiqish joylariga 70 ta yuzni va avtoraqamni tanib oluvchi, aholi gavjum joylar hamda ko‘chalarga esa, 232 ta kuzatuv kameralari o‘rnatildi.
Shuningdek, aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida 30 ta “Namunali xavfsiz ko‘cha” hamda 62 ta “Namunali xavfsiz yo‘lak” lar barpo etilib, 185 ta tashvish tugmalari o‘rnatildi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.