O‘rganish jarayonida maktabdagi ta’lim-tarbiya sifati, moddiy-texnik baza holati, o‘quvchilarning davomat ko‘rsatkichi, sport va madaniy tadbirlarning tashkil etilishi, yoshlar bilan ishlash borasidagi faoliyat holati o‘rganildi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Komissiya a’zolari maktab jamoasi bilan suhbatlashib, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Maktabdagi kutubxona, sport zali, fan xonalari va oshxona faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Mazkur o‘rganish natijalariga ko‘ra, tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berilishi belgilandi.