Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Arabmozor mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va 24 ta muhim tavsiya ijrosi o‘rganildi
янв.21
Arabmozor mahallasida ijtimoiy himoya va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Arabmozor mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlash va infratuzilmani yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari va qozonxonalar holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarorining ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Imtiyozli kredit va limonchilik yo‘nalishi: Besarang mahallasidagi mikroloyihalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Besarang mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Besarang mahallasida bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar atrofida bunyodkorlik ishlari: “Do‘stlik” MFYdagi o‘rganishlar tafsilotlari
янв.21
2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tahlil qilindi
#Yoshlar_bilan_uchrashuv #yoshlar_maslahat_guruhi

#Yoshlar_bilan_uchrashuv
#yoshlar_maslahat_guruhi


Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 20-Do‘stlik saylov okrugi deputati Qulliyeva Orzigul tashabbusi bilan Do‘stlik mahallasidagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda mahalla vakillari, mahalla yettiligi a’zolari hamda profilaktika inspektori ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, turli salbiy illatlarga berilmaslik, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal
etish yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida yoshlar bilan ishlashda deputat, mahalla yettiligi va mutasaddi tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish belgilab olindi.

Slide 1 of 1