Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Arabmozor mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va 24 ta muhim tavsiya ijrosi o‘rganildi
янв.21
Arabmozor mahallasida ijtimoiy himoya va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Arabmozor mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlash va infratuzilmani yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari va qozonxonalar holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarorining ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Imtiyozli kredit va limonchilik yo‘nalishi: Besarang mahallasidagi mikroloyihalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Besarang mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Besarang mahallasida bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar atrofida bunyodkorlik ishlari: “Do‘stlik” MFYdagi o‘rganishlar tafsilotlari
янв.21
2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tahlil qilindi
Po‘latсhi mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi

🏘 Po‘latсhi mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Xolmurоdova Flora tomonidan Po‘latсhi mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi.
📊 Mahalladagi ijtimoiy holat:
Ijtimoiy reestrda 16 ta oila mavjud;
shundan 6 tasi davlat ta’minotida;
10 tasi kambag‘al oilalar;
kambag‘allik chegarasidagi oilalar — 0 ta;
ijtimoiy infratuzilma bo‘yicha 6 ta loyiha, jami 300 mln so‘mlik loyihalar belgilangan.
👥 Ijtimoiy xizmatlar va bandlik yo‘nalishida:
🔹 8 nafar oila a’zosiga ijtimoiy xizmatlar;
🔹 14 nafar a’zoga ta’lim xizmatlari, jumladan, fan to‘garaklari va maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish;
🔹 6 nafar a’zoga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
🔹 2 nafar fuqaroni daromadli mehnat bilan ta’minlash;
🔹 mahalladagi ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
🔹 3 ta mikroloyihani amalga oshirish orqali kamida 6 ta ish o‘rni yaratish;
🔹 uzoq muddat mehnat migratsiyasida bo‘lgan 99 nafar fuqaroning oilalari bilan manzilli ishlash, kam daromadli oilalarni qaytarish va ularning bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish.
🏗 Ijtimoiy infratuzilma va tadbirkorlik yo‘nalishida mahallada aholining daromadlarini oshirishga qaratilgan kichik biznes va xizmat ko‘rsatish loyihalarini amalga oshirish, savdo, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
💼 Shuningdek, mahallada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, mavjud 121 nafar tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash va aholi o‘rtasida yangi tadbirkorlik tashabbuslarini shakllantirish bo‘yicha vazifalar belgilangan.
📌 Belgilangan vazifalar ijrosi har hafta va har ikki haftada deputatlik nazorati asosida monitoring qilib boriladi.
🎯 Mazkur faoliyat rejasining asosiy maqsadi — Po‘latсhi mahallasida ijtimoiy reestrdagi oilalarga zarur xizmatlarni manzilli yetkazish, aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarning samaradorligini ta’minlash.

Slide 1 of 1