Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Arabmozor mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va 24 ta muhim tavsiya ijrosi o‘rganildi
янв.21
Arabmozor mahallasida ijtimoiy himoya va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Arabmozor mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlash va infratuzilmani yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari va qozonxonalar holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarorining ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Imtiyozli kredit va limonchilik yo‘nalishi: Besarang mahallasidagi mikroloyihalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Besarang mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Besarang mahallasida bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar atrofida bunyodkorlik ishlari: “Do‘stlik” MFYdagi o‘rganishlar tafsilotlari
янв.21
2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tahlil qilindi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Bektepa” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini baholash maqsadida tizimli deputatlik nazorati choralari ko‘rilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 2-Bektepa saylov okrugidan saylangan deputat B.Yo‘ldoshev "Bektepa" MFYda bo‘lib, “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida mahalla hokim yordamchisining ish faoliyatini o‘rgandi.

Monitoring jarayonida elektron axborot tizimlaridagi ma’lumotlarning amaldagi holatga muvofiqligi, yangi ish o‘rinlari yaratish parametrlari, fuqarolarga ajratilayotgan imtiyozli kredit va subsidiyalarning samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar yakunida mahalladagi mavjud imkoniyatlarni to‘liq safarbar qilish, aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul xodimga tegishli vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 1