#Doimiy_komissiya
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 4-sonli maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Bandixon tumanida ijtimoiy soha ob’ektlari, xususan, ta’lim muassasalarini bo‘lajak kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, isitish tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati choralari ko‘rilmoqda.
Xalq deputatlari Bandixon tumani Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi raisi o‘rinbosari B.Yo‘ldoshev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda komissiya a’zosi O.Jumayevlar “Saroy” mahallasidagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, muassasaning mavsumga tayyorgarlik darajasini ko‘zdan kechirdilar.
Monitoring jarayonida maktab qozonxonasining texnik sozligi, isitish tarmoqlarining holati hamda mavsum uchun jamg‘arilgan ko‘mir zaxirasi tahlil qilindi. Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va o‘quvchilar uchun qulay harorat rejimini ta’minlash yuzasidan maktab ma’muriyatiga tegishli vazifalar yuklatildi.