Oqqo‘rg‘on tuman hokimligida T.A.Bobolov boshchiligida
"Korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish" bo‘yicha olib
borilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib
o‘tdi.
Yig‘ilishda so‘z olgan Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati N.Botirov
yig‘ilish ishtirokchilariga korrupsiyaga
oid huquqbuzarliklar, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlari, ularga imkon
beruvchi sabab va shart-sharoitlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir
etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi haqida tushunchalar berishdi.