Elektr quvvatiga bo‘lgan ehtiyoj aholining eng zarur ehtiyojlaridan
sanaladi. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida aholining elektr quvvatiga bo‘lgan
ehtiyoji har doimgidan ham ortadi.
Marhamat tumani "Nayman" mahalla fuqarolar yig‘ini Xudoyberdi
Eshon, Istiqlol, Tadbirkorlar, Olmazor hamda Ittifoq ko‘chalarida yashovchi
aholi xonadonlarini elektr quvvat bilan ta’minlovchi transformatorida turli
nosozliklar va elektr quvvatida uzilishlar yuzaga kelayotganligi sababli ushbu
ko‘chalar aholisi tomonidan shu hududdan saylangan Xalq deputatlari Marhamat
tuman Kengashi deputati Murodil Anarboyevga murojaat qilishgan.
Aholining yo'llagan murojaatlari asosida deputat M.Anarboyevning tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbariga
qilgan so‘roviga asosan qisqa fursat ichida tuman elektr ta’minoti korxonasi
xodimlari tomonidan transformator ta’mirlanib elektr quvvat bilan bog‘liq muammolar bartaraf etildi.