Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari N.Kiyamov, M.Raximov, L.Kuvondiqov, S.Abdug‘aniyev hamda G.Xudoyberganovalar Ishtixon tumanida bir qator ta’lim muassasalarida bo‘lib, ularning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini hamda ta’lim sifati va ta’lim muassasalarida o‘quvchilar davomatini o‘rgandi.
Tumandagi 5-, 22-, 40-, 44-, 80-umumiy o‘rta ta’lim maktablar, 2-sonli IDUM hamda 7-DMTT da boʻlib, u yerdagi 2024-2025 kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi bilan tanishdi.
Mavsumga hozirlik doirasida taʼlim dargohining oʻquv xonalarini isitish uchun qozonxonalar toʻliq taʼmirlanib, texnik koʻrikdan oʻtkazilgan.
Deputatlar maktablarida ham oʻrganish ishlarini olib borib, maktablarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini koʻzdan kechirib, kommunal xizmatlar bilan bogʻliq muammo va takliflarni eshitib, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha deputatlik nazorati oʻrnatmoqda.